Fransiya terma jamoasi vingeri Maykl Olise JCH–2026 davomida libosi eng ko‘p sotilgan futbolchiga aylandi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, turnirdagi sermahsul o‘yinlari ortidan Olise familiyasi tushirilgan futbolkalarga talab keskin oshgan. Rasmiy savdo nuqtalaridagi chakana sotuvchilar buyurtmalar hajmini qondirishga ulgurmayapti, natijada muxlislar ayrim joylarda mahsulot tanqisligiga duch kelmoqda.
Ayni paytda Fransiya terma jamoasi AQSHning Filadelfiya shahrida bo‘lib, JCH–2026 1/8 finalida Paragvayga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bahs 5-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
“Xo‘rozlar” ushbu bosqichga qadar o‘tkazgan to‘rtta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi. Jamoa Senegal (3:1), Iroq (3:0), Norvegiya (4:1) va 1/16 finalda Shvetsiyani (3:0) mag‘lub etib, umumiy hisobda 13 ta gol urdi va o‘z darvozasidan atigi 2 ta to‘p o‘tkazib yubordi.
Maykl Olise turnirdagi barcha to‘rtta uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan va shu vaqtgacha 5 ta golli uzatma muallifiga aylangan.








