Daryo

4 yillik kelishuv: Zidan va Fransiya mundial yakunlanishi bilanoq shartnoma imzolaydi

Fransiyalik mutaxassis terma jamoani boshqarish uchun murabbiylar shtabini ham shakllantirib bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish3 626 ko‘rishlar0 izoh1

Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasida birga ishlaydigan murabbiylar shtabi tarkibini shakllantirgan. Bu haqda taniqli jurnalist va insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Avvalroq Zidan Fransiya futbol federatsiyasi bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Tomonlar mundialdan so‘ng barcha zarur hujjatlarni imzolashi kutilmoqda.

Fransiyalik mutaxassis terma jamoani UEFA Millatlar Ligasi, Yevro–2028 va 2030-yilgi FIFA Jahon chempionatiga tayyorlaydi.

Zidan bungacha faqat klub futbolida faoliyat yuritgan. U “Real Madrid”ni 2016–2018 va 2019–2021-yillarda boshqarib, klub bilan uch marta UEFA Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘ldi. Shuningdek, ikki bor Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi va yana qator xalqaro sovrinlarni yutdi.

Amaldagi bosh murabbiy Didye Desham 2026-yilgi Jahon chempionatining uchinchi o‘rin uchun bahsidan so‘ng Fransiya terma jamoasini tark etadi. Fransuzlar 19-iyulga o‘tar kechasi ushbu uchrashuvda Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Desham 2012-yildan buyon Fransiya terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida Fransiya 2018-yilgi Jahon chempionati g‘olibiga aylangan.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar