Daryo

Oliy sud plenumi sud amaliyotiga oid yangi qarorlarni qabul qildi

Majlisda fuqarolarni muomala layoqati cheklangan yoki layoqatsiz deb topish, da’voni ta’minlash choralari hamda sud amaliyotiga oid ayrim qarorlarga o‘zgartirish kiritish masalalari ko‘rib chiqildi.

1 daqiqa o‘qish4 820 ko‘rishlar0 izoh1

Oliy sud raisi Robaxon Mahmudova raisligida o‘tgan yig‘ilishda Oliy Majlis palatalari vakillari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ullari, vazirlik va idoralar vakillari, huquqshunoslar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Majlisda fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlarda da’voni ta’minlash choralarini qo‘llash hamda ayrim plenum qarorlariga o‘zgartirish kiritishga oid masalalar muhokama qilindi.

Foto: Oliy sud axborot xizmati

Oliy sud xabariga ko‘ra, sud jarayonlarini ochiq va shaffof tashkil etish, yagona sud amaliyotini shakllantirish hamda fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish muhim ahamiyatga ega.

Plenumda qabul qilingan qarorlardan biri fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish amaliyotiga oid bo‘ldi. Unda bunday ishlarni ko‘rib chiqishda inson huquqlarini himoya qilish, shaxsning fikrini inobatga olish va sudga murojaat qilish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Foto: Oliy sud axborot xizmati

Shuningdek, da’voni ta’minlash va dastlabki himoya choralariga oid qaror qabul qilindi. Ushbu tartib sud qarori chiqquniga qadar fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari buzilishining oldini olish hamda sud hujjatlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan.

Bundan tashqari, atrof-muhitni muhofaza qilish, bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq nizolar, kredit majburiyatlari va ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha sud amaliyotiga oid ayrim qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Foto: Oliy sud axborot xizmati

Qabul qilingan plenum qarorlari qonunchilik normalarini bir xil qo‘llash va yagona sud amaliyotini shakllantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Plenum qarorlari matnlari Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi axborotnomasi” hamda “Kuch — adolatda” gazetasida e’lon qilinadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar