Daryo

Toshkentda Malibu katta tezlikda daraxtga va do‘konga borib urildi

YTH oqibatida avtomobil ayanchli holatga kelgan. YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

1 daqiqa o‘qish11 495 ko‘rishlar0 izoh3

Toshkentning Yakkasaroy tumanida 2-iyul kuni katta tezlikda harakatlangan Malibu daraxtga so‘ng do‘konga borib urildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda YTHdan so‘ng olingan videolar tarqaldi. Unda hodisa oqibatida kamida uch kishi jabrlanganini, avtomobil esa ayanchli holatga kelganini ko‘rish mumkin. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil avval daraxtga borib urilgan, so‘ng trotuarga chiqib ketib, qahvaxonaga urilgan. Hodisa erta tongda sodir bo‘lgani sababli trotuarda odamlar deyarli bo‘lmagan.

Poytaxt YHXB axborotida ma’lum qilinishicha, hodisa soat 05:40 larda Shota Rustaveli ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchi Malibu’ni katta tezlikda haydashi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotib, Caffelito coffee do‘koniga borib urilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Xabarda jabrlanganlar soniga aniqlik kiritilmagan.

20-iyun kuni Toshkentning Yunusobod tumanida Kia K5 bilan to‘qnashgan Lacetti ikkiga bo‘linib ketgandi. 16-iyun kuni Uchtepa tumanida Lacetti va BYD ishtirokidagi YTH oqibatida uch kishi halok bo‘lgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar