Daryo

Toshkentda Nexia beton ustunga urildi, yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi

Transport vositasi haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.

1 daqiqa o‘qish6 487 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahri Sergeli tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 22-may kuni soat 13:00 larda Fayzli Toshkent ko‘chasidagi 60-uy qarshisida sodir bo‘lgan. 2001-yilda tug‘ilgan haydovchi O.B. Nexia-3 rusumli avtomashinada katta tezlikda harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi beton ustunga urilgan.

YTH oqibatida avtomashinada bo‘lgan 2000-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi I.X. olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan. Transport vositasi haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Toshkent shahar IIBB YHXB barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni so‘rab, marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar