JCH-2026 musobaqasining 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan Fransiya hamda Shvetsiya milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. AQSHning Ist-Raterford shahridagi “Metlayf” stadionida bo‘lib o‘tgan mazkur o‘yinda Fransiya milliy jamoasi 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvdagi hisob 45-daqiqada Kilian Mbappe tomonidan ochildi. Ikkinchi bo‘limning 53-daqiqasida Bredli Barkolya oradagi farqni oshirgan bo‘lsa, 74-daqiqada Mbappe o‘z dublini rasmiylashtirib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Endi Fransiya milliy jamoasi turnirning 1/8 finalida 5-iyul kuni Paragvayga qarshi maydonga tushadi.
Jahon chempionati
1/16 final bosqichi
Fransiya — Shvetsiya 3:0
Gollar: 1:0 — Kilian Mbappe (45), 2:0 — Bredli Barkolya (53), 3:0 — Kilian Mbappe (74).
Ma’lumot uchun, JCH-2026 musobaqasi 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Amaldagi Jahon chempioni Argentina milliy jamoasi hisoblanadi. 2022-yili Qatarda o‘tkazilgan turnir finalida argentinaliklar aynan Fransiya milliy jamoasini 3:3 (penaltilar seriyasida — 4:2) hisobida mag‘lub etgan edi.








