Daryo

Saida Mirziyoyeva Fransiya prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Prezident administratsiyasi rahbari Emmanuel Makronga O‘zbekiston prezidentining samimiy tilaklarini yetkazdi.

1 daqiqa o‘qish6 837 ko‘rishlar0 izoh1

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga e’tibor va iliq qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

Saida Mirziyoyeva uchrashuvda O‘zbekiston prezidentining samimiy tilaklarini yetkazdi.

“Davlatlarimizni eng muhim strategik sohalardagi uzoq muddatli sheriklik munosabatlari bog‘lab turadi. Kelgusida har ikki mamlakat uchun manfaatli bo‘lgan yana ko‘plab tashabbuslar va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishimizga ishonaman”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram’dagi kanaliga.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Kuni kecha Saida Mirziyoyeva Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan uchrashgandi.

“Fransiya O‘zbekistonning Yevropadagi muhim strategik hamkorlaridan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zaro aloqalarimiz energetika, transport, infratuzilma, ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi sohalarni qamrab oladi. Markaziy Osiyo mintaqasida ishonchli va barqaror hamkor sifatidagi mavqeyimizni saqlab qolgan holda, Fransiya va, umuman, Yevropa bilan sheriklikni kelgusida ham izchil mustahkamlash niyatidamiz”, deb yozgandi Prezident administratsiyasi rahbari.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar