Daryo

O‘zbekiston–Portugaliya o‘yini kuni Toshkent metrosi ish vaqti uzaytiriladi

Futbol muxlislari uchrashuvdan so‘ng o‘z manzillariga xavfsiz, tezkor yetib borishi uchun 23-iyunda metropoliten tungi soat 01:00 gacha ishlaydi.

1 daqiqa o‘qish27 095 ko‘rishlar0 izoh21

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston–Portugaliya o‘yini o‘tkaziladigan kun Toshkent metrosi ish vaqti 1 soatga uzaytiriladi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati doirasidagi navbatdagi muhim uchrashuv 23-iyun kuni boʻlib oʻtadi. Shu kuni poytaxtning turli hududlarida futbol ixlosmandlarining harakatlanishi sezilarli darajada ortishi kutilayotgani sababli yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida metro poyezdlari tungi soat 01:00 gacha ishlaydi.

“Yuqoridagi qo‘shimcha ish rejimi futbol muxlislarining uchrashuvdan so‘ng o‘z manzillariga xavfsiz, qulay va tezkor yetib borishlari uchun xizmat qiladi”, deyiladi metropoliten ma’muriyati xabarida.

O‘zbekiston va Portugaliya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvi 23-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi uchrashuvlari Toshkent shahrining barcha tumanlarida o‘rnatiladigan katta ekranlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar