Daryo

Messi Jahon chempionatining asosiy favoritlarini aytdi

Argentinalik hujumchi Argentinani da’vogarlar qatoriga qo‘shdi, biroq Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliyani ro‘yxatga kiritmadi.

1 daqiqa o‘qish20 691 ko‘rishlar0 izoh19

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi Jahon chempionati oldidan turnirning asosiy favoritlari haqida gapirdi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Messining aytishicha, musobaqada bir nechta kuchli jamoalar bor, ammo g‘oliblik uchun kurash olib boradiganlar nomi o‘zgarmagan. Hujumchi Argentinani favoritlar qatoriga qo‘shdi, biroq Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliyani ro‘yxatga kiritmadi:

“Chempionlikka da’vogarlardan biri — uzoq yillardan buyon sovrin yutmagan Ispaniya. Fransiya, Angliya va Braziliya ham g‘alaba uchun kurashadi. Har doim Argentinani asosiy raqobatchisi sifatida ko‘radigan Germaniya 2022-yilgi mundialdan keyin buni yanada ko‘proq xohlaydi. Turnir juda og‘ir bo‘ladi, lekin ular chempionlik uchun kurashishiga hech qanday shubham yo‘q”, dedi Messi.

Ma’lumot uchun, qur’a natijalariga ko‘ra, Argentina “J” guruhidan joy oldi. Ularga Avstriya, Iordaniya va Jazoir kabi terma jamoalar raqiblik qiladi. Portugaliya esa Kolumbiya, O‘zbekiston hamda pley-off g‘olibi (Kongo/Yangi Kaledoniya/Yamayka) bilan birga “K” guruhidan joy oldi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar