Daryo

Germaniya prezidenti rafiqasi hamrohligida O‘zbekistonga keldi

Toshkent-Humo xalqaro aeroportida ularni bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

1 daqiqa o‘qish6 883 ko‘rishlar0 izoh3

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 17-iyun kuni Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer rafiqasi hamrohligida O‘zbekistonga keldi.

Toshkent-Humo xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Foto: O‘zA
Foto: O‘zA

Rasmiy tashrif dasturiga muvofiq, ikki davlat rahbarlarining tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston—Germaniya ko‘p qirrali munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Tomonlar savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika va “yashil” texnologiyalar, transport va logistika, farmatsevtika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish, ta’lim va gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratadi.

Foto: O‘zA

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb mavzular yuzasidan ham fikr almashiladi. Muzokaralar doirasida bir qator yangi qo‘shma loyiha va dasturlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

16-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Albaniya prezidenti Bayram Begay rafiqasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston va Albaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Albaniya prezidenti V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar