Daryo

Albaniya prezidenti Ko‘ksaroyda rasmiy kutib olindi

Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev Bayram Begayni kutib olib, shohsupaga taklif qildi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Albaniya davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladi.

1 daqiqa o‘qish5 064 ko‘rishlar0 izoh2

Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Albaniya prezidenti Bayram Begay 16-iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida tantanali kutib olindi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni kutib olib, shohsupaga taklif qildi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Albaniya davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Marosim yakunida birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bayram Begay O‘zbekistonga rafiqasi hamrohligida kelgandi. Ularni Toshkent xalqaro aeroportida Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Mehmonlar “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston va Albaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.  Xalqaro kun tartibidagi masalalar, jumladan, ko‘p tomonlama platformalar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ham fikr almashish rejalashtirilgan. Albaniya prezidenti V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar