Daryo

Surxondaryoda “Alfa” nomli jinoiy guruh aʼzolari jazolandi

Oson daromad topish maqsadida bezorilik va tovlamachilik qilib kelgan guruh a’zolari 3 yildan 5 yilgacha qamaldi.

1 daqiqa o‘qish11 028 ko‘rishlar0 izoh7

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida bezorilik va tovlamachilik bilan shug‘ullanib kelgan “Alfa” nomli jinoiy guruh aʼzolariga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Hudud” informatsion dasturida xabar berildi.

Ushbu guruh qo‘lga olingani haqida 2026-yilning yanvarida ma’lum qilingandi. Denov tumanida yashovchi 28 yoshli fuqaro yana to‘rt nafar sherigi bilan birlashib, “Alfa” nomli guruh tuzgan va oson daromad topish maqsadida bir nechta bezorilik va tovlamachilik jinoyatlarini sodir etgan.

Xususan, koʻchada bir fuqaroni ushlab, avtomashinasiga majburlab oʻtqazib, undan 2500 dollar berishni talab qilgan. Ular jabrlanuvchining Labo avtomobili kaliti va hujjatlarini olib qo‘ygan.

Ikki nafar sudlanuvchi 3 yilga, bir nafari 5 yil, yana ikki nafari esa 5 yil-u bir oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki besh oyida 61 ta uyushgan jinoiy guruhning noqonuniy faoliyati bartaraf etildi. Jami 14 ming 462 ta maxsus tezkor tadbir tashkil etilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar