Daryo

Surxondaryoda “Alfa” nomli jinoiy guruh aʼzolari qoʻlga olindi

Denov tumanida yashovchi, sportning turli yoʻnalishlari bilan shugʻullanib kelgan, olti nafar bezoridan tashkil topgan jinoiy guruhning noqonuniy faoliyatiga chek qoʻyildi. Ular Telegramʼda “Alfa” nomli guruh ochib, oʻzlarini shu nom bilan atab kelgan.

2 daqiqa o‘qish36 831 ko‘rishlar0 izoh24

Surxondaryoda Telegramʼda “Alfa” nomli guruh ochib, oʻzlarini shu nom bilan atab kelgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Denov tumanida yashovchi, sportning turli yoʻnalishlari bilan shugʻullanib kelgan, koʻchada bezorilik qilib o‘zidan muammoni hal qiluvchi bezorilardan tashkil topgan olti nafar jinoiy guruhning noqonuniy faoliyatiga chek qoʻyildi.

Guruh yetakchisi — Xolmurodov Sunnatillo 1998-yil Denov tumanida tugʻilgan. Guruh aʼzolari: Karimov Elbek, Ibodov Asliddin (muqaddam sudlangan), Davlatov Azamat, Joʻrayev Javohir hamda Jumayev Bahriddin ham bir tumandan boʻlgan.

Skoda va Kia avtomashinalari o‘rtasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi sababli gumondorlar Denov tumani tez tibbiy yordam bo‘limiga bordi. Ular poliklinikaga Skoda avtomashinasini boshqargan tanishining sog‘lig‘idan xabar olish hamda Kia haydovchisiga jismoniy bosim o‘tkazishi maqsad qilgan.

Ushbu shaxslar jamoat tartibini qasddan mensimasdan, shifoxonada boʻlgan bemorlar va shifokorlarning tinchini buzib, 2025-yil 6-yanvar kuni xodim va jabrlanuvchiga tan jarohati yetkazgan.

Gumonlanuvchilar Sunnatillo Xolmurodov, Elbek Karimov, Bahriddin Jumayev, Azamat Davlatov va Javohir Joʻrayevlar ushlanib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan ish qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

“Koʻcha” jinoiy toʻdalari

Fargʻonada koʻcha bezoriligi bilan shugʻullangan 15 kishi ushlangani xabar qilingandi. 17-yanvar kuni Qoʻqon shahrida yashovchi shaxs oʻzining tarafdorlari bilan birga voyaga yetmagan yigitni Uchkoʻprik tumanida joylashgan dala maydoniga olib borib, haftasiga 500 dollar talab qilgan. Pul bermagan taqdirda oʻldirish bilan qoʻrqitilgan jabrlanuvchining tanasiga turli tan jarohatlari yetkazilib, yonidagi 200 dollar zoʻrlik ishlatish yoʻli bilan olib qoʻyilgan.

Xorazmdagi vaziyatda esa viloyat hududida yashirin va uyushgan jinoyatchilikka moyil, oʻz atrofida qonunsiz, “koʻcha” muhitini shakllantirib, fuqarolarni qoʻrqitish va zoʻravonlik orqali nazoratda ushlashga urinib kelgan bir guruh shaxslar qoʻlga olingan.

Andijonda ham fuqarolarga qurol va oʻtkir tigʻli buyumlar bilan tahdid qilib, kriptovalyuta orqali tovlamachilik bilan shugʻullangan uyushgan jinoiy guruh qoʻlga olingan.

Toshkentdagi vaziyatda esa taksistlardan zoʻravonlik bilan pul talab qilib kelgan jinoiy guruh faoliyati fosh boʻlgan. Ular Toshkent viloyatidan shaharning Yashnobod tumani yoʻnalishida taksi xizmatini koʻrsatuvchi haydovchilarga tahdid qilib, oʻzboshimchalik bilan oylik toʻlov joriy qilgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar