Raqobat qo‘mitasi qurilish sohasidagi qonunbuzilishlar bo‘yicha fuqarolardan murojaatlar keskin oshganini ma’lum qildi.
2025-yilda bu borada 1 706 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, 2026-yilning birinchi choragidayoq ularning soni qariyb mingtaga yetgan.
Ushbu murojaatlarda asosan:
- qurilish ishlarining sifatsiz bajarilishi;
- ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq undirilishi;
- shartnoma shartlariga rioya qilinmasligi;
- uy-joylarni belgilangan muddatda topshirmaslik;
- ruxsat olinmasdan uylar uchun oldindan to‘lov olish;
- texnik talablarga javob bermaydigan materiallardan foydalanish hamda reklamada va’da qilingan loyihalarning amalda bajarilmasligi kabi holatlar qayd etilmoqda.
eslatdi.
Quruvchi korxonalarni esa belgilangan qonunchilik talabalarining buzilishi, tegishli ta’sir choralari qo‘llanilishiga sabab bo‘lishidan ogohlantirdi.
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, iste’molchilar tovar va xizmatlarni erkin tanlash, ularning sifatli bo‘lishini talab qilish, shuningdek, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararning to‘liq qoplanishini talab qilish huquqiga ega. Shuningdek, iste’molchi huquqlarini cheklaydigan yoki qonunchilikka zid shartlar haqiqiy emas deb hisoblanadi va bunday hollarda yetkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan qoplanishi lozim.
Prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-yil oktyabrdan qurilish jarayoni ishtirokchilarining korrupsiyaviy xatti-harakatlarni erta aniqlash maqsadida “sirli mijoz” mexanizmi joriy etiladi. Noqonuniy qurishlarning barvaqt oldini olish choralari ko‘riladi. Buning uchun 2026-yil sentyabrdan yerga oid huquq vujudga kelgan vaqtdan boshlab qurilishni amalga oshirishning qonunda belgilangan tartibiga rioya etish to‘g‘risida ogohlantirish (eslatma berish) tartibi joriy qilinadi.








