Daryo

Eron terma jamoasi futbolchilariga AQSH vizasi berildi

Vizalar 48 soat ichida rasmiylashtirilgan va futbolchilarning elchixonaga borishi yoki barmoq izlarini topshirishi talab etilmagan.

1 daqiqa o‘qish5 774 ko‘rishlar0 izoh4

Eron milliy terma jamoasi futbolchilari 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etish uchun zarur vizalarni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Eronning Turkiyadagi elchisi Muhammad Hasan Habibullohzoda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron terma jamoasi futbolchilariga vizalar 48 soat ichida rasmiylashtirilgan. Bunda futbolchilarning shaxsan elchixonaga borishi yoki barmoq izlarini topshirishi talab etilmagan.

Avvalroq, 24-may kuni Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj FIFA Eron terma jamoasining Jahon chempionatidagi bazasini AQSHdan Meksikaga ko‘chirishni ma’qullaganini ma’lum qilgandi.

Qizig‘i shundaki, Eron terma jamoasi guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarini AQSH hududida o‘tkazadi. Eron jamoasi Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.

2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Turnir tarixida ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar