Daryo

AQSH rasmiysi Eronning Jahon chempionatini tark etganidan xursandligini yashirmadi

“Quvonchdan hatto bir-ikkita qo‘shiq kuylagan yoki raqsga tushgan bo‘lishim ham mumkin”, deydi AQSH ichki xavfsizlik vaziri Markveyn Mallin.

1 daqiqa o‘qish7 682 ko‘rishlar0 izoh4

AQSH Ichki xavfsizlik vaziri Markveyn Mallin Eron milliy terma jamoasining JCH-2026 musobaqasidan chiqib ketganidan nihoyatda xursand bo‘lganini ma’lum qildi.

“Ular musobaqadan chiqib ketgani va boshqa qaytmasligidan xursandman. Biz ularning vizalarini bekor qilib, AQSH hududini tark etishlari mumkinligini aytganimizda juda baxtiyor edim. Quvonchdan, hatto bir-ikkita qo‘shiq kuylagan yoki raqsga tushgan bo‘lishim ham mumkin”, deya Mallinning so‘zlarini keltirmoqda The Athletic nashri.

Shuningdek, Mallin Eron jamoasining o‘z vataniga qaytayotganidan juda mamnun ekanini qo‘shimcha qildi:

“Chunki turnir davomida xavfsizlik nuqtai nazaridan biz aynan ular bilan bo‘lgandek ko‘p shug‘ullanishimizga to‘g‘ri kelgan boshqa birorta jamoa bo‘lmadi”.

Ma’lumot o‘rnida, Eron milliy terma jamoasi guruh bosqichidagi 3 ta o‘yinda 3 ochko jamg‘arib, G guruhida uchinchi o‘rinni band etdi va turnirning pley-off bosqichiga chiqa olmadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar