Daryo

JCH-2026. Eron 2-turda Belgiya bilan durang o‘ynadi

Belgiyalik himoyachi maydondan chetlatilgan bahsda darvozalar ishg‘ol etilmadi.

1 daqiqa o‘qish7 451 ko‘rishlar0 izoh6

2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining ikkinchi turida Eron terma jamoasi Belgiya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuv AQSHning Kaliforniya shtatidagi Inglvud shahrida bo‘lib o‘tdi.

25-daqiqada eronlik hujumchi Mehdi Taremi gol urdi, biroq VAR tekshiruvidan so‘ng ofsayd qayd etilib, gol bekor qilindi. 66-daqiqada esa Belgiya himoyachisi Natan Ngoi qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi va jamoasi qolgan vaqtni bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi. O‘yinda Belgiya mutlaq ustunlikka ega bo‘ldi, biroq Eron posboni Alirizo Beyranvand 7 ta seyv amalga oshirdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

“G” guruhida to‘p surayotgan Eron va Belgiya terma jamoalari 2-turdan so‘ng ikki ochkodan jamg‘ardi. Birinchi turda Belgiya Misr bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, Eron va Yangi Zelandiya bahsida 2:2 hisobini qayd etilgan edi. Misr va Yangi Zelandiya o‘rtasidagi uchrashuv 22-iyun kuni tongda bo‘lib o‘tadi.

Guruh bosqichining so‘nggi turida Misr va Eron, shuningdek Belgiya hamda Yangi Zelandiya terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Uchrashuvlar 27-iyun tongida o‘tkaziladi.

Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tmoqda va 19-iyul kuni yakunlanadi. Turnir tarixida ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etmoqda. Ular 12 ta guruhga bo‘lingan. Pley-off bosqichiga har bir guruhdan eng yaxshi ikki jamoa hamda uchinchi o‘rinni egallagan sakkizta eng yaxshi terma jamoa yo‘l oladi. Amaldagi Jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar