Daryo

Shavkat Mirziyoyevning Sankt Peterburgga amaliy tashrifi yakunlandi

Oliy martabali mehmonni Rossiya hukumati raisining birinchi oʻrinbosari Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.

1 daqiqa o‘qish4 120 ko‘rishlar0 izoh2

Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrifi yakuniga yetdi.

Davlat rahbari Sankt Peterburgdagi tadbirlar doirasida 4-iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yetakchilar Oʻzbekistondagi birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimida ishtirok etdi.

Prezident 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining tadbirlarida qatnashib, yalpi yigʻilishda nutq soʻzladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrif tadbirlari yakunlangach, prezident Toshkent shahriga joʻnab ketdi. “Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya hukumati raisining birinchi oʻrinbosari Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar