Daryo

Oʻzbekiston—Rossiya strategik sherikligi kengaytiriladi

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Sankt Peterburgda strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish hamda mustahkamlash masalalarini koʻrib chiqdi.

1 daqiqa o‘qish10 355 ko‘rishlar0 izoh6

Sankt Peterburg shahriga amaliy tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, Oʻzbekiston—Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish hamda mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 20 foizga oshdi. Sanoat, energetika, metallurgiya, transport, kimyo sanoati va iqtisodiyotning boshqa ustuvor tarmoqlarida yirik loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda.

Tovar ayirboshlashdagi joriy surʼatlarni saqlab qolish, kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish hamda hududlar darajasidagi faol aloqalarni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. Shu kunlarda Mariinskiy teatrida Georg Fridrix Gendelning “Tamerlano” operasining premyerasi boʻlib oʻtgani hamda “Ermitaj” davlat muzeyida Oʻzbekiston amaliy sanʼati koʻrgazmasi ochilgani qayd etildi.

Yetakchilar boʻlajak tadbirlar rejasini ham muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Sankt Peterburg shahriga 4-iyun kuni tashrif buyurgandi. Shu kuni Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin O‘zbekistondagi AES qurilishiga start berdi. 5-iyun kuni davlat rahbari 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining asosiy tadbirlarida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Davlat rahbari “Pragmatik muloqot — barqaror kelajak sari yoʻl” shiori ostida oʻtadigan 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yigʻilishida nutq soʻzlaydi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar