Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4–5-iyun kunlari amaliy tashrif bilan Sankt Peterburg shahrida boʻladi.
Davlat rahbari “Pragmatik muloqot — barqaror kelajak sari yoʻl” shiori ostida oʻtadigan 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yigʻilishida ishtirok etadi va nutq soʻzlaydi.
Oʻzbekiston yetakchisi jahon iqtisodiyotidagi vaziyat, Oʻzbekiston—Rossiya iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish istiqbollari borasidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashadi, shuningdek, mamlakatni rivojlantirishning bugungi ustuvor yoʻnalishlariga toʻxtalib oʻtadi.
Tashrif dasturida Vladimir Putin bilan uchrashuv oʻtkazish hamda O‘zbekistonda birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimida ishtirok etish koʻzda tutilgan.








