Daryo

Superkompyuter O‘zbekistonning JCHdagi chempionlik imkoniyatini baholadi

Osiyo qit’asidan ishtirok etadigan jamoalar orasida eng yaxshi imkoniyat Yaponiyada qayd etilgan.

2 daqiqa o‘qish85 417 ko‘rishlar0 izoh28

Nufuzli Opta statistik portali 2026-yilning yozida AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida o‘tadigan Jahon chempionati favoritlari reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasining turnirda g‘olib chiqish imkoniyati 0,07 foiz deb baholangan.

O‘zbekistonning JCH—2026 dagi imkoniyatlari:

  • Guruh bosqichidan o‘tish: Superkompyuter o‘zbekistonlik futbolchilarning guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, pley-offga yo‘l olish imkoniyatini 5,45 foiz deb baholagan.
  • Nimchorak final: Fabio Kannavaro shogirdlarining 1/16 finaldan o‘tib, kuchli 16 talikka kirish ehtimoli 12,25 foiz ni tashkil etmoqda.
  • Chorak final: O‘zbekistonning chorak finalga qadar yetib borishi 3,78 foiz ga teng.
  • Yarim final: O‘zbekiston jamoasining yarim final bosqichida o‘ynash ko‘rsatkichi 1,16 foiz deb baholandi.
  • Final: Final bahsiga chiqish imkoniyati 0,32 foiz ni tashkil etdi.
  • Chempionlik: O‘zbekistonning Jahon chempioniga aylanishi ehtimoli 0,07 foiz ga teng.

Opta superkompyuteri talqinicha, 2026-yilgi mundialning asosiy favoriti Ispaniya terma jamoasi (chempionlik ehtimoli 15,43 foiz) hisoblanadi. Ikkinchi pog‘onadan Fransiya terma jamoasi (12,54 foiz) joy oldi. Kuchli uchlikni Angliya (10,88 foiz) yakunlab berdi. Amaldagi Jahon chempioni Argentina esa 10,28 foizlik ko‘rsatkich bilan 4-o‘rinni egalladi.

Foto: Opta

Opta talqiniga ko‘ra, 2026-yilgi Jahon chempionatida g‘oliblikka asosiy da’vogar 15 ta terma jamoa:

  1. Ispaniya — 15,43 foiz
  2. Fransiya — 12,54 foiz
  3. Angliya — 10,88 foiz
  4. Argentina — 10,28 foiz
  5. Portugaliya — 6,73 foiz
  6. Braziliya — 6,62 foiz
  7. Germaniya — 5,62 foiz
  8. Niderlandiya — 3,88 foiz
  9. Norvegiya — 3,59 foiz
  10. Belgiya — 2,26 foiz
  11. Kolumbiya — 2,24 foiz
  12. Urugvay — 1,72 foiz
  13. Meksika — 1,71 foiz
  14. Marokash — 1,70 foiz
  15. Shveysariya — 1,66 foiz

Osiyo qit’asidan ishtirok etadigan jamoalar orasida eng yaxshi imkoniyat Yaponiyada qayd etilgan:

  1. Yaponiya — 1,47 foiz
  2. Janubiy Koreya — 0,37 foiz
  3. Eron — 0,24 foiz
  4. Saudiya Arabistoni — 0,07 foiz
  5. O‘zbekiston — 0,07 foiz
  6. Iordaniya — 0,06 foiz
  7. Qatar — 0,05 foiz

2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Musobaqada 48 ta terma jamoa bosh sovrin uchun kurash olib boradi. Kanada JCH—2026 musobaqasining 13 ta o‘yiniga mezbonlik qiladi. Uchrashuvlar Toronto va Vankuverdagi stadionlarda o‘tkaziladi. Meksika ham 13 ta o‘yinni o‘zida qabul qiladi. Uchrashuvlar Mexiko, Gvadalaxara va Monterrey shahrida joylashgan stadionlarida bo‘ladi. Qolgan barcha o‘yinlarga AQSH mezbonlik qiladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar