O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan mamlakat harbiy prokurori o‘zgardi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.
Farmonga ko‘ra, Qahramon Anvarovich Isroilov O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari — harbiy prokurori lavozimiga tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar harbiy prokurorning o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Foto: Bosh prokuratura
Shuningdek, davlat rahbarining boshqa bir farmoni bilan Otabek Akbarovich Xolboyev O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari — harbiy prokurori lavozimidan ozod etildi.
Ma’lumot uchun, Otabek Xolboyev ushbu lavozimda bir yil davomida ishladi — u 2025-yilning may oyida harbiy prokuror etib tayinlangan edi. Hozircha uning ishdan olinishi sabablari va keyingi ish joyi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.








