Daryo

Otabek Xolboyev O‘zbekiston harbiy prokurori etib tayinlandi

U harbiy prokuror birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi

1 daqiqa o‘qish10 828 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident farmoni bilan adliya katta maslahatchisi Otabek Xolboyev bosh prokuror o‘rinbosari – O‘zbekiston harbiy prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Foto: Bosh prokuratura

Tayinlovga qadar  Otabek Xolboyev harbiy prokuror birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2022-yildan buyon harbiy prokuror lavozimida ishlab kelgan Botir Qudratxo‘jayev 2025-yilning fevralida Abdulla Qo‘ldoshev o‘rniga favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlangandi. Abdulla Qo‘ldoshev sohada qonun buzilish holatlari ko‘paygani uchun ishdan olingandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar