Daryo

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi

Prezident Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasida ishtirok etadi. Tashrif doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

1 daqiqa o‘qish3 926 ko‘rishlar0 izoh2

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 17—18-may kunlari amaliy tashrif bilan Boku shahrida bo‘ladi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, O‘zbekiston yetakchisi BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi shafeligida o‘tkazilayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasining Yetakchilar sammitida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.

Forum shaharlarni barqaror rivojlantirish, arzon uy-joy bilan ta’minlash, shahar muhiti sifatini oshirish, iqlim barqarorligi va uy-joyni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan.

Tashrif doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar