Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Turkiston shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.
Oʻzbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etib, unda muhim tashabbuslarni ilgari surdi, tashkilot doirasida amaliy hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yoʻnalishlarini koʻrsatib oʻtdi.
Shuningdek, prezident Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev hamrohligida Oʻzbekiston tomonidan barpo etilgan masjidni borib koʻrdi hamda delegatsiyalar rahbarlari bilan birgalikda Turkistonning diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.
Sammit doirasida Oʻzbekiston rahbari Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘gʻon va Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.








