Daryo

Eronning ikkita kemasi AQSH blokadasini yorib oʻtdi

AQSH qiruvchi samolyotining hujumiga uchragan kemalar Eron portiga yetib keldi, ulardan biri yonmoqda.

1 daqiqa o‘qish4 788 ko‘rishlar0 izoh1

Eronning ikkita tankeri AQSHning Ummon ko‘rfazidagi blokadasini yorib o‘tib, Eron qirg‘oqlariga yetib bordi. Bu haqda neft tankerlarining harakatini tahlil qiluvchi TankerTrackers loyihasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, gap SEA STAR III va SEVDA tankerları haqida ketmoqda. Ular blokadani yorib o‘tishga urinish vaqtida ishdan chiqqan. Shunga qaramay, har ikki kema 6-may kuni blokada hududidan o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. SEA STAR III blokada chizig‘idan, taxminan, 300 kilometr g‘arbda qayd etilgan.

TankerTrackers tahlilchilari kemalar yashiringan taxminiy hududni tekshirib, ikkala tankerni Eronning Jask shahri sharqida topganini maʻlum qildi. SEA STAR III yonida buksir kemasi bo‘lgan, SEVDA tankerida esa yong‘in davom etayotgani aniqlangan. Yong‘in Copernicus xizmatining sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida ko‘ringan quyuq tutun orqali qayd etilgan. NASA FIRMS xizmati ma’lumotlari ham buni tasdiqlagan.

CENTCOM bayonoti

AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) 8-may kuni M/T SEA STAR III va M/T SEVDA tankerlarini “ishdan chiqarganini” ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, kemalar USS Jorj Bush aviatashuvchisidan uchirilgan F/A-18 Super Hornet qiruvchi samolyotlari tomonidan nishonga olingan.

Shuningdek, 6-may kuni M/T HASNA tankeriga ham hujum uyushtirilgani bildirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, USS Abraham Lincoln aviatashuvchisidan havoga ko‘tarilgan qiruvchi samolyot kema boshqaruv panelini shikastlagan. Ushbu kema 7-may kuni Ummon qirg‘oqlaridagi Shinas shahri yaqinida qayd etilgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar