Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni amaliy tashrif bilan Moskvaga yetib bordi.
“Vnukovo” xalqaro aeroportida davlat rahbarini Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Mixail Galuzin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ertaga mamlakat yetakchisi Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba kuni tantanalarida ishtirok etishi haqida xabar berilgandi.
Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 9-may kuni Moskva shahrida Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan yubiley tadbirida ishtirok etgandi.








