Daryo

Qozog‘iston prezidenti Moskvadagi G‘alaba bayramida qatnashadi

Kreml Qosim-Jo‘mart To‘qayevning qaroridan mamnunligini bildirib, uning tashrifini “do‘stona qadam” deb atadi.

1 daqiqa o‘qish5 975 ko‘rishlar0 izoh3

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba kuni tantanalarida ishtirok etadi. Bu haqda prezident maslahatchisi va matbuot kotibi Aybek Smadiyarovga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Uning ta’kidlashicha, To‘qayev Moskvada buyuk g‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbirlarida qatnashadi.

“Kreml Qozog‘iston rahbarining qaroridan mamnunligini bildirib, uning Moskvaga bo‘lajak amaliy tashrifini ‘do‘stona qadam’ deb atadi. Tashrif doirasida Qosim-Jo‘mart To‘qayev va Vladimir Putinning alohida uchrashuvi rejalashtirilgan”, deyiladi Smadiyarovning bayonotida.

Davlat rahbarlari Rossiya prezidentining may oyi oxiriga rejalashtirilgan Qozog‘istonga tashrifi oldidan strategik hamkorlikning asosiy masalalarini muhokama qiladi.

7-may kuni Kreml paradga boradiganlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ammo ular orasida Markaziy Osiyo prezidentlari ko‘rsatilmagandi. 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga joʻnab ketdi. Davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 81 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar