Daryo

Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etadi

Prezident 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan yubiley tadbirlarida qatnashadi

1 daqiqa o‘qish6 652 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 9-may kuni Moskva shahrida Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan yubiley tadbirlarida ishtirok etadi. Bu ma’lumotni prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Parlamentlararo ittifoqning Toshkentdagi assambleyasi doirasida bo‘lib o‘tgan jurnalistlar bilan suhbatda tasdiqladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 2024-yilda ham Moskvada Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etgandi.

Moskvadagi Qizil maydonda 9-may kuni bo‘lib o‘tadigan harbiy paradda Rossiya rahbari taklifi bilan to‘qqiz nafar prezident qatnashgandi:

  • Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko;
  • Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev;
  • Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov;
  • Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon;
  • Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
  • O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev;
  • Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel Bermudes;
  • Laos Xalq demokratik respublikasi prezidenti Txonglun Sisulit;
  • Gvineya-Bisau prezidenti Umar Sissoku Embalo.

2023-yilgi paradda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Belarus yetakchilari ishtirok etgandi. Biroq Lukashenko va Japarov G‘alaba paradidan so‘ng bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari rahbarlarining Kremldagi norasmiy tushligiga bormagan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar