Daryo

Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasining may oyidagi yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi (foto)

6–26-may kunlari Toshkentdagi Milliy futbol markazida o‘tkaziladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga 40 nafar futbolchi chaqirildi.

1 daqiqa o‘qish26 364 ko‘rishlar0 izoh15

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 6–26-may kunlari Toshkentdagi Milliy futbol markazida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi. Yig‘in doirasida terma jamoamiz Superliga klublariga qarshi yopiq eshiklar ortida nazorat uchrashuvlarini o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro tomonidan mazkur yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish olgan:

Darvozabonlar: Vladimir Nazarov, O‘tkir Yusupov, Botirali Ergashev, Abduvohid Ne’matov

Himoyachilar: Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Avazbek O‘lmasaliyev, Jahongir O‘rozov, Rustamjon Ashurmatov, Muhammadqodir Hamroliyev, Umarbek Eshmurodov, Abduqodir Husanov, Abdulla Abdullayev , Farruh Sayfiyev, Hojiakbar Alijonov, Sherzod Nasrullayev, Muhammadrasul Abdumajidov, Behruz Karimov , Diyor Ortiqboyev.

Yarim himoyachilar: Quvondiq Ro‘ziyev, Sherzod Esonov, Nodirbek Abdurazzoqov, Odiljon Hamrobekov, Umarali Rahmonaliyev, Alisher Odilov, Sardorbek Bahromov, Akmal Mozgovoy, Otabek Shukurov, Jamshid Iskanderov, Jasurbek Jaloliddinov, Azizjon G‘aniyev

Hujumchilar: Abbosbek Fayzullayev, Jaloliddin Masharipov, Dostonbek Hamdamov, Oston O‘runov, Ruslanbek Jiyanov, Azizbek Amonov, Husayn Norchayev, Sherzod Temirov, Igor Sergeyev, Eldor Shomurodov.

Foto: O‘FA

Ma’lumot o‘rnida, bosh murabbiy Fabio Kannavaro ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga 40 nafar futbolchini jalb etgan. Bu yig‘in yakunida murabbiylar shtabi AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida qatnashadigan yakuniy tarkibni saralab oladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar