Daryo

Trampning maslahatchilari ziddiyatli bayonotlari sabab undan intervyularni kamaytirishni so‘ramoqda — WSJ

AQSH prezidenti bir muddat bunga rozi bo‘lgan, biroq keyin yana avvalgi odatiga qaytgan.

1 daqiqa o‘qish11 839 ko‘rishlar0 izoh5

AQSH prezidenti Donald Trampning maslahatchilari unga OAVga o‘ylab o‘tirmay intervyu berishni kamaytirishni tavsiya qilmoqda. Chunki bunday suhbatlar uning bayonotlari ziddiyatli ekanini yana bir bor namoyon etadi, deya xabar berdi The Wall Street Journal gazetasi o‘z manbalariga tayanib.

Nashr manbalariga ko‘ra, Trampning yaqin safdoshlari unga matbuot bilan kamroq muloqot qilishni bir necha bor maslahat bergan. Amerika yetakchisi ma’lum muddat ularning tavsiyasiga amal qilgan, ammo keyin yana avvalgi odatiga qaytgan.

Qayd etilishicha, Tramp gohida Oq uy matbuot kotibi Karolin Levittni hazil tariqasida chalg‘itib, jurnalist bilan suhbatlashgani va unga muhim yangiliklarni aytganini, Levitt esa bu haqda keyinroq nashrdan bilib olishini ta’kidlagan.

“Shuningdek, Tramp Truth Social tarmog‘ida postlar e’lon qilishda ham muntazam ravishda ‘improvizatsiya’ qiladi. Masalan, 7-aprel kuni Eron sivilizatsiya sifatida yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligi haqidagi tahdidli xabar uning milliy xavfsizlik rejasining bir qismi bo‘lmay, o‘z to‘qimasi edi”, deya ma’lum qilgan AQSHning ismi oshkor etilmagan rasmiysi.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp 16-aprel kuni Eron bilan urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga yaqin orada erishishiga ishonch bildirib, buning uchun Pokistonga tashrif buyurishi mumkinligini istisno etmagandi.

  • Trampning shov-shuvli bayonotlari
So‘nggi paytlarda Donald Tramp Eron bilan urush borasida bir necha bor keskin bayonotlar berib, keng jamoatchilik orasida katta aks-sado va tanqidlarga sabab bo‘ldi. Uning ritorikasi ko‘pincha an’anaviy diplomatiya chegaralaridan chiqib, to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdidga o‘xshab qolardi. 
Xususan, u Tehron AQSH talablarini bajarmasa, “butun bir sivilizatsiya halok bo‘lishi mumkinligini” aytgan, shuningdek, yon berishdan bosh tortgan taqdirda “do‘zax olovi” yog‘ilishidan ogohlantirgan edi. Shu bilan birga, Tramp infratuzilmaga zarbalar berilishi mumkinligini aytib, hatto Eronning barcha elektr stansiyalarini yo‘q qilish ehtimoli haqida ham gapirgandi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar