Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning final janglaridan so‘ng barcha vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekiston boks terma jamoasi Osiyo chempionatini 3 ta oltin medal bilan yakunladi. Musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari umumiy hisobda 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Oltin medal
- -65 kg: Abdulloh Madaminov
- -80 kg: Fazliddin Erkinboyev
- -90 kg: Halimjon Mamasoliyev
Kumush medal
- -75 kg: Javohir Abdurahimov
- -85 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
Bronza medal
- -60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqani 2 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan yakunlagan edi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi Mo‘g‘ulistonda o‘tgan Osiyo chempionatini jami 11 ta medal bilan yakunladi – 3 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza bilan yakunladi.
Osiyo chempionati natijalari
-50 kg:
- Vishvanat Suresh (Hindiston)
- Daichi Ivai (Yaponiya)
- Huzayfa Eishash (Iordaniya), John Vayne Vichera (Filippin)
-55 kg:
- Rui Yamaguchi (Yaponiya)
- Bilguunsaihan Kharhuu (Mo‘g‘uliston)
- Liu Zhuang (Xitoy), Mahmud Sabirxan (Qozog‘iston)
-60 kg:
- Orazbek Asilkulov (Qozog‘iston)
- Sachin (Hindiston)
- Abdurahmon Mahmudjonov (O‘zbekiston), Sakda Ruamtham (Tailand)
-65 kg:
- Abdulloh Madaminov (O‘zbekiston)
- Bunjong Sinsiri (Tailand)
- Shion Nishiyama (Yaponiya), Ertugan Zeynuinov (Qozog‘iston)
-70 kg:
- Ziyod Eishash (Iordaniya)
- Torexan Sabirxan (Qozog‘iston)
- Sevon Okazava (Yaponiya), Peicheng Vang (Xitoy)
-75 kg:
- Sabirjan Akkaliqov (Qozog‘iston)
- Javohir Abdurahimov (O‘zbekiston)
- Dalai Ganzorig (Mo‘g‘uliston), Akash (Hindiston)
-80 kg:
- Fazliddin Erkinboyev (O‘zbekiston)
- Husayn Eishash (Iordaniya)
- Kim Min Son (Janubiy Koreya), Nekruz Salimov (Tojikiston)
-85 kg:
- Nurbek Oralbay (Qozog‘iston)
- Jasurbek Yo‘ldoshev (O‘zbekiston)
- Bariakhaan Dorj (Mo‘g‘uliston), Lokesh (Hindiston)
-90 kg:
- Halimjon Mamasoliyev (O‘zbekiston)
- Parviz Karimov (Tojikiston)
- Sagindik Togambay (Qozog‘iston), Harsh Choudhari (Hindiston)
+90 kg:
- Aybek Oralbay (Qozog‘iston)
- Danabek Baikonis (Xitoy)
- Dovlet Islomov (Turkmaniston), Narender Narender (Hindiston)
Musobaqada to‘liq tarkibda (20 nafar bokschi) ishtirok etgan O‘zbekiston umumjamoa hisobida Qozog‘iston (6 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza) va Hindiston (5 ta oltin, 3 ta kumush, 8 ta bronza) bokschilaridan so‘ng 3-o‘rinni egalladi.








