Daryo

O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlarida ishtirok etuvchi tarkibi ma’lum

XX Osiyo o‘yinlarining futbol bahslarida 15 ta terma jamoa to‘rt guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun bahs olib boradi.

1 daqiqa o‘qish4 191 ko‘rishlar0 izoh0

Yaponiya mezbonlik qiladigan XX Osiyo o‘yinlarining futbol bahslarida 15 ta terma jamoa to‘rt guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun bahs olib boradi. Musobaqa 19-sentyabrdan kuni boshlanadi, biroq futbol bellashuvlari 15-sentyabrdan start oladi.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Osiyo o‘yinlarida ishtirok etuvchi 23 futbolchidan iborat tarkibini e’lon qildi. Tarkibdan 2005-yildan keyin tug‘ilgan futbolchilar o‘rin olgan.

Foto: O‘FA

Darvozabonlar: Samandar Muratbayev (“Nasaf”), Maksim Murkayev (“Paxtakor”), Umar Rustamov (“Olimpik Mobiuz”).

Himoyachilar: G‘iyosjon Rizaqulov (“Qizilqum”), Dilshod Murtazoyev (“Nasaf”), Quvonchbek Xushvaqtov (“Nasaf”), Diyorbek Abdunazarov (“Nasaf”), Dilshod Abdullayev (“Paxtakor”), Ro‘ziboy Fayzullayev (“Olimpik Mobiuz”), Saidxon Hamidov (“Olimpik Mobiuz”).

Yarimhimoyachilar: Ravshan Xayrullaev (“Buxoro”), Muhammadali Reimov (“Lokomotiv”), Saidumarxon Saidnurullayev (“Metallurg”), Sardor Bahromov (“Nasaf”), Ollobergan Karimov (“So‘g‘diyona”), Azizbek To‘lqinbekov (“Bunyodkor”), Oybek O‘rmonjonov (“Dinamo”), Asilbek Jumayev (“Neftchi”), Muhammadali O‘rinboyev (“Antverpen”, Belgiya).

Hujumchilar: Shodiyor Shodiboyev (“Lokomotiv”), Nurlan Ibraimov (“Lokomotiv”), Firdavs Abdurahmonov (“Dinamo”), Amirbek Saidov (“So‘g‘diyona”).

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining “C” guruhidan joy olgan. “Oq bo‘rilar” guruh bosqichidagi ilk uchrashuvini 15-sentyabr kuni Filippinga qarshi o‘tkazsa, 18-sentyabr kuni Kuvayt, 22-sentyabr kuni esa Vyetnam terma jamoasi bilan bahs olib boradi.

Osiyo o‘yinlari futbol musobaqasining guruhlari quyidagicha shakllangan:

  • “A” guruhi: Yaponiya, Tailand, Qirg‘iz Respublikasi, Gonkong.
  • “B” guruhi: Xitoy, BAA, Eron, KXDR.
  • “C” guruhi: O‘zbekiston, Filippin, Kuvayt, Vyetnam.
  • “D” guruhi: Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Qatar.

Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida 10-sentyabr kuni safarda Xitoy U-23 terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoalari Osiyo o‘yinlarida ikki bor shohsupaga ko‘tarilgan. 1994-yil Xirosimada o‘tkazilgan musobaqada “oq bo‘rilar” barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medallarga sazovor bo‘lgan. 2023-yil Xanchjou shahri mezbonlik qilgan turnirda esa bronza medallari qo‘lga kiritilgan.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar