Daryo

“Oltin to‘p”ga nomzod bo‘lgan Messi noyob rekord qayd etdi

Argentina terma jamoasi sardori ilk bor 2006-yilda, 19 yoshida ushbu nufuzli sovringa nomzodlar qatoridan joy olgan edi.

1 daqiqa o‘qish15 146 ko‘rishlar0 izoh0

AQSHning “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi 2026-yilgi “Oltin to‘p” sovriniga nomzodlar ro‘yxatidan joy olib, noyob rekord o‘rnatdi.

CentreGoals ma’lumotlariga ko‘ra, 39 yoshli futbolchi “Oltin to‘p”ga ilk va so‘nggi nominatsiyasi orasida 20 yil vaqt o‘tgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi. Argentina terma jamoasi sardori ilk bor 2006-yilda, 19 yoshida ushbu nufuzli sovringa nomzodlar qatoridan joy olgan edi. O‘shanda Messi ovoz berish yakunlariga ko‘ra 20-o‘rinni egallagan, sovrin esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroga nasib qilgan.

O‘tgan vaqt davomida Messi 17 marta “Oltin to‘p” sovriniga nomzodlar ro‘yxatidan joy oldi. O‘tgan mavsumda argentinalik hujumchi “Inter Mayami” bilan MLS chempionligini qo‘lga kiritdi va liganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Argentina terma jamoasi safida esa Messi 2026-yilgi Jahon chempionati finaliga qadar yetib bordi.

Messi “Oltin to‘p”lar soni bo‘yicha mutlaq rekordchi hisoblanadi. U ushbu sovrinni 8 marta — 2009, 2010, 2011, 2012, 2015, 2019, 2021 va 2023-yillarda qo‘lga kiritgan.

Klub miqyosida argentinalik yulduz “Inter Mayami”dan tashqari “Barselona” va “Pari Sen-Jermen” jamoalari sharafini ham himoya qilgan.

2026-yilgi “Oltin to‘p”ni topshirish marosimi 26-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar