Daryo

Futbolchi Xushnudbek Avilov 27 yoshida vafot etdi

Avilov faoliyati davomida mamlakatning bir qator yetakchi klublari — “Paxtakor”, “Navbahor”, “Andijon”, “Qo‘qon-1912” va “Turon” jamoalarida o‘ynagan.

1 daqiqa o‘qish41 824 ko‘rishlar0 izoh12

O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarida to‘p surgan futbolchi Xushnudbek Avilov vafot etdi. Bu haqda “Hannews.kz” nashri xabar bermoqda.

Avilov faoliyati davomida mamlakatning bir qator yetakchi klublari — “Paxtakor”, “Navbahor”, “Andijon”, “Qo‘qon-1912” va “Turon” jamoalarida o‘ynagan. Uning so‘nggi jamoasi Toshkentning “Do‘stlik” klubi bo‘ldi. Futbolchi mazkur jamoa safida 2024-yildan buyon harakat qilib kelayotgan edi.

Xushnudbek Avilov o‘z vaqtida O‘zbekistonning U-19, U-21 va U-22 terma jamoalariga ham chaqirilgan va xalqaro maydonlarda mamlakat sharafini himoya qilgan. 

Hozircha futbolchining o‘limi sabablari ochiqlanmagan. “Daryo” vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni aniqlashtirmoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar