Daryo

“Paxtakor” Iroq terma jamoasi hujumchisini sotib oladi — OAV

Iroqlik hujumchi “sherlar” bilan “1+1” ko‘rinishida bitim imzolaydi. Manbalarda qayd etilishicha, uning “Paxtakor”dagi maoshi har bir mavsum uchun 1 million dollarni tashkil etadi.

1 daqiqa o‘qish3 117 ko‘rishlar0 izoh0

Iroq terma jamoasi hujumchisi Ayman Husayn faoliyatini O‘zbekiston Superligasida davom ettiradi. Tajribali futbolchi Toshkentning “Paxtakor” klubi safiga kelib qo‘shilishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ayman Husayn transfer jarayonlarini yakunlash hamda klub bilan rasman shartnoma imzolash uchun 30-iyul, payshanba kuni O‘zbekistonga yetib keladi. Iroqlik hujumchi “sherlar” bilan “1+1” ko‘rinishida (bir yillik va yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan) bitim imzolashi rejalashtirilgan. Manbalarda qayd etilishicha, hujumchining “Paxtakor”dagi maoshi har bir mavsum uchun 1 million dollarni tashkil etadi. Bu xarid orqali u O‘zbekiston Superligasining eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi.

“Paxtakor” rahbariyati ushbu transfer orqali xalqaro maydondagi, xususan, Osiyo Chempionlar Ligasidagi (OCHL) raqobatbardoshlikni oshirishni ko‘zlagan.

Ma’lumot o‘rnida, futbolchi o‘tgan mavsumni Iroqning “Al-Karma” klubi safida o‘tkazgan. Hujumchi klub tarkibida jami 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 1 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali hozirda Ayman Husaynning bozor qiymatini 400 ming yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar