Daryo

Eldor Shomurodov faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin — OAV

Hujumchi Turkiyadagi faoliyatidan mamnun, ammo moliyaviy yaxshiroq taklif bo‘lsa, muzokara boshlashga tayyor.

1 daqiqa o‘qish9 950 ko‘rishlar0 izoh6

Saudiya Arabistoni jamoalari O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning “Bashakshehir” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Metaratings nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ayni paytda hujumchi Turkiyadagi faoliyatidan mamnun, ammo moliyaviy tomonlama yaxshiroq taklif bo‘lsa, muzokaralar o‘tkazishga tayyor. Xabarda yozilishicha, o‘zbekistonlik hujumchi yangi klubida yiliga 3 million yevro maosh olishni mo‘ljallayotgan bo‘lsa, “Istanbul Bashakshehir” uning transferidan 8,5 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, 30 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum Turkiya chempionatida 22 ta gol evaziga “Trabzonspor” vakili Pol Onuachu bilan birgalikda liganing eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Shomurodov Istanbul klubi safida ijara asosida to‘p surayotgan bo‘lsa-da, uning huquqlari Italiyaning “Roma” jamoasiga tegishli. Shartnomaga asosan, turk klubi joriy yozda Eldorni to‘liq xarid qilishi mumkin.

Yakunlangan mavsumda hujumchi barcha turnirlar doirasida jami 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 7 million yevroga baholamoqda. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar