Daryo

JCH-2026 da ishtirok etgan O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchilariga Malibu sovg‘a qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi

Shu munosabat bilan, jamoatchilik hamda tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi yolg‘on, tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslik va faqat rasmiy manbalarga tayanish so‘ralmoqda.

1 daqiqa o‘qish60 925 ko‘rishlar0 izoh35

Ijtimoiy tarmoqlarda futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etgan O‘zbekiston milliy jamoasining 26 nafar a’zosiga Malibu avtomobili sovg‘a qilinishi haqida xabarlar tarqalmoqda. “Daryo” manbalarining ma’lum qilishicha, ushbu ma’lumotlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va hech qanday real asosga ega emas.

Shu munosabat bilan, jamoatchilik hamda tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi yolg‘on, tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslik va faqat rasmiy manbalarga tayanish so‘ralmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z tarixida ilk bor JCH-2026 musobaqasida ishtirok etib, guruh bosqichidagi 3 ta o‘yinda Kolumbiya, Portugaliya hamda Kongo DR vakillariga imkoniyatni boy berdi va turnir bilan barvaqt xayrlashdi. Hozirda jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ta’tilni o‘tkazish uchun Italiyaga yo‘l olgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar