Daryo

Real Sanjik ustidan sud boshlandi. Prokuror OAV faoliyatini cheklashni so‘radi

Ijtimoiy tarmoqlarda Real Sanjik taxallusi bilan tanilgan Sanjar Karimov 2025-yil noyabrda qamoqqa olingandi. U o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish va firibgarlik kabi jinoyatlarni sodir etishda gumonlanmoqda.

2 daqiqa o‘qish10 047 ko‘rishlar0 izoh8

Ijtimoiy tarmoqlarda Real Sanjik taxallusi bilan tanilib, boʻlajak kelin-kuyov mojarosida asosiy qahramonlardan biri sifatida yodda qolgan, tadbirkor hamda bloger Sanjar Karimov ishi sudga oshirilgani xabar qilingandi. Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumani sudi sudyasi Bahrom Berdiyev raisligida boʻlib oʻtgan sud majlisida ayblanuvchiga oid ish boʻyicha sud tergovi boshlangani maʼlum qilindi. Bu haqda sudda qatnashgan “Daryo” jurnalisti xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Sud avvalida soʻz olgan davlat ayblovchisi — prokuror Qosimov sud majlislarida OAV vakillari faoliyatini cheklash kerakligini aytib, bu haqda sudga iltimosnoma kiritdi. Aksariyat advokatlar uning talabini qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, ayrimlari OAV faoliyatiga cheklov qoʻyish yoki qoʻymaslik masalasini sudga havola qildi.

Jabrlanuvchilardan biri ham bu masalani hal qilishni sud zimmasiga qoldirgan boʻlsa, ikkinchi jabrlanuvchi boʻlayotgan ishlardan jamoatchilikni xabardor qilish lozimligini aytib, sudda jurnalistlarning ishlashi uchun imkoniyat yaratib berish kerakligini taʼkidladi.

Prokuror Qosimov
Foto: “Daryo”

Sud tomonlar fikrini tinglab, prokuror iltimosnomasini qisman qanoatlantirib, jurnalistlarga sud majlisidan jonli efir qilishni, shuningdek, videomateriallar olishni taqiqladi. Biroq sudda ularning audio va fotomateriallar olishiga hech qanday toʻsiq yoʻqligini maʼlum qildi.

Foto: “Daryo”

Shundan soʻng sud tergovi rasman boshlangani ochiqlanib, jabrlanuvchilardan biri — boʻlajak kelin-kuyov mojarosidagi asosiy qahramon, boʻlajak kelin va uning oilasiga tegishli xonadonni garovga qoʻyishini aytib, tadbirkor Sanjar Karimovdan 240 ming dollar pul olib, hovlini sotib yuborgan Shahzod Rismatovning onasiga soʻz berildi.

Foto: “Daryo”

Jabrlanuvchi oʻz koʻrsatuvida Sanjar Karimov bilan bogʻliq voqealar haqida gapirib, u va tanishlari bosim oʻtkazganini, shu sabab ikkita “dom”i va oʻgʻlining 7 ta mashinasi sotilib ketganini aytdi.

Sud materiallariga ko‘ra, Sanjar Karimovga nisbatan Jinoyat kodeksining bir nechta moddalari: 112-modda 1-qismi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish), 168-modda 4-qismi (firibgarlik) hamda 273-modda 2-qismi (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan bog‘liq noqonuniy harakatlar) bilan ayblov qo‘yilgan.

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar