Bloger Sanjar Karimovning (Real Sanjik) bolalar uyiga hovli hadya qilmoqchi ekani toʻgʻrisidagi xabarlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligi izoh berdi.
Bloger avvalroq xabar qilingan Toshkentda bo‘lajak kuyov kelindan aldov yoʻli bilan olib qoʻyib, unga sotgan hovlini hadya qilmoqchi boʻlgan.
Qayd etilishicha, joriy yil 24-oktyabr kuni Sanjar Karimov 22-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurib, mazkur hovlini tekin foydalanishga berish niyati haqida ariza qoldirgan. Unga mehribonlik uylari toʻliq davlat taʼminotida boʻlib, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar belgilangan tartibda uy-joy, ovqatlanish, kiyim-kechak, taʼlim va tibbiy xizmat bilan taʼminlanishi maʼlum qilingan.
Bundan tashqari, turar joyni topshirishga oid notarial tasdiqlangan hujjatlar taqdim etilmagan.
“Agentlik bolalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan har qanday ezgu tashabbuslarga hurmat bilan qaraydi. Biroq shuni taʼkidlash joizki, davlat muassasalariga koʻchmas mulk yoki boshqa moddiy yordam shakllarini topshirish zarur emas”, deyiladi xabarda.
Ushbu sohadagi davlat siyosati bolalar uylari tizimidan asta-sekinlik bilan oilaviy tarbiya shakllariga oʻtishga qaratilgan.








