3-aprel kuni soat 21:12:59 da Afg‘oniston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, zilzilaning magnitudasi 6 ni tashkil etgan, o‘chog‘i 207 kilometr chuqurlikda joylashgan. Epimarkaz Badaxshon hududida bo‘lib, koordinatalari 36,69 N va 70,76 E ni tashkil etadi, u Toshkentdan 526 kilometr janubi-sharqiy yo‘nalishda joylashgan.
Zilzila O‘zbekiston hududida ham sezilgan:
- Surxondaryo viloyatida 3 ball, 314 km;
- Farg‘ona viloyatida 2–3 ball, 420 km;
- Sirdaryo viloyatida 2–3 ball, 457 km;
- Jizzax viloyatida 2–3 ball, 457 km;
- Samarqand viloyatida 2–3 ball, 468 km;
- Andijon viloyatida 2–3 ball, 477 km;
- Namangan viloyatida 2–3 ball, 485 km;
- Qashqadaryo viloyatida 2–3 ball, 499 km;
- Toshkent viloyatida 2–3 ball, 520 km;
- Toshkent shahrida 2–3 ball, 526 km.
Eslatib o‘tamiz, 3-aprel, juma kuni soat 15:26 da Tojikiston hududida sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezilgandi. Eng kuchli silkinish Farg‘ona viloyatida qayd etilib, 3 ballni tashkil qilgan. Namangan, Andijon, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hamda poytaxtda 2 balli silkinish kuzatilgan.








