Afg‘onistonning Samangon viloyatida 3-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:29 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi.
FVVning Seysmoprognostik monitoring respublika markazining xabar qilishicha, zilzila magnitudasi 6,8 ballga teng bo‘ldi, episentrda sezilish kuchi 7 ballni tashkil qildi.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Surxondaryo viloyatida 5 ball,
- Qashqadaryo viloyatida 3-4 ball,
- Samarqand viloyatida 3 ball,
- Jizzax viloyatida 3 ball,
- Navoiy viloyatida 3 ball,
- Buxoro viloyatida 3 ball,
- Sirdaryo viloyatida 3 ball,
- Toshkent shahrida 2-3 ball,
- Farg‘ona viloyatida 2-3 ballni tashkil etdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborotiga ko‘ra, talafotlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan.








