Daryo

“Hormuz bo‘g‘ozi AQSH va Isroildan tashqari hamma uchun ochiq” — Eron rasmiysi

Rasmiy vakil xalqaro majburiyatlar Eronning hududiy yaxlitligi va huquqlarini hurmat qilgan holda bajarilishi lozimligini ta’kidlagan.

1 daqiqa o‘qish7 672 ko‘rishlar0 izoh11

Eron o‘z dushmanlariga tegishli kemalardan tashqari barcha kemalarning Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishiga ruxsat berishga tayyor. Bu Eronning Xalqaro dengiz tashkilotidagi vakili Ali Musaviyga tayanib Reuters xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik va qo‘riqlash chora-tadbirlari muvofiqlashtirilsa, kemalar Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishi mumkin.

Musaviy xalqaro majburiyatlar Eronning hududiy yaxlitligi va huquqlarini hurmat qilgan holda bajarilishi lozimligini ta’kidlagan. Shuningdek, u bo‘g‘ozdagi kemalar va ekipajlar xavfsizligi Eron hukumati bilan kelishilgan holda ta’minlanishi kerakligini qayd etgan.

“Eron dengiz xavfsizligini oshirish va dengizchilarni himoya qilish uchun Xalqaro dengiz tashkiloti hamda unga a’zo davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor. Diplomatiya bizning ustuvor yo‘nalishimiz bo‘lib qoladi, biroq hujumlarni to‘liq to‘xtatish va o‘zaro ishonchni mustahkamlash zarur”, deya qo‘shimcha qilgan u.

28-fevral kuni AQSH va Isroil Eronga qarshi harbiy amaliyot boshlab, bir qator shaharlarga aviazarbalar yo‘lladi. Bunga javoban Eron Isroil hududiga raketalar uchirdi, shuningdek, Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi Amerika harbiy bazalariga hujum qildi. Vaziyat munosabati bilan mintaqadagi bir qator davlatlar o‘z havo hududini vaqtincha yopdi. Xuddi shu kuni zarbalar oqibatida Eronning oliy rahbari Ali Xomanaiy halok bo‘ldi.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga Hormuz bo‘g‘ozini ochish uchun ikki kun muhlat bergani bildirib, agar qamalda ushlab turishni davom ettirsa, mamlakatning yirik elektr stansiyalariga zarba berish bilan tahdid qilgandi. Eron ham xuddi shunday javob qaytarishini bildirmoqda.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar