Daryo

Eron Isroilga va AQSH bazalariga zarbalar yoʻlladi

Yaqin Sharq davlatlarining aksariyati oʻz havo hududini yopdi, Bahrayndagi AQSH bazasi nishonga olingani aytilmoqda.

1 daqiqa o‘qish24 342 ko‘rishlar0 izoh24

Eron Isroilga o‘nlab ballistik raketalar uchirdi. Bu haqda Eronning Nour News agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Isroil tomon o‘nlab ballistik raketalar uchirildi”, deyiladi agentlik xabarida.

​Clash Report xabariga ko‘ra, birinchi to‘lqin paytida Eron Isroil tomonga 30 ga yaqin ballistik raketa uchirgan. Isroil mudofaa armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bir necha daqiqadan so‘ng mamlakatga yana bir bor zarba berilgan. Gap ballistik raketalar haqida ketmoqda. Tel-Avivda so‘nggi hujumlardan keyin tutun kuzatilmoqda.

Eron AQSHning Qatar va Bahrayndagi harbiy bazalariga zarba berishga urinmoqda. Qatar hukumati raketa urib tushirilganini ma’lum qildi, Bahraynda esa yerda talafotlar kuzatilgan. Bundan tashqari Iordaniya poytaxti Ummon va Kuvaytda havo trevogasi sirenalari yangragan.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat fuqarolarini Eronga qarshi boshlangan amaliyot sababli yaqin kunlarda matonatli bo‘lishga tayyorlanishga chaqirgan.

28-fevral kuni ertalab AQSH va Isroil Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyotni boshladi. Prezident Donald Tramp zarbalar boshlanganini e’lon qilar ekan, Eronda hech qachon yadro quroli bo‘lmasligini, uning barcha raketalarini yo‘q qilishini va mamlakat raketa sanoatini butunlay vayron etishini ma’lum qildi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar