Jasur Tursunov 10-mart kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Jasur Tursunov 1979-yil Kasbi tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Tayinlovga qadar 2024-yil aprelidan buyon Chiroqchi tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Faoliyati davomida Mirishkor va Shahrisabz tumanlari prokurori vazifasida ham ishlagan.
Viloyat hokimligi matbuot kotibi Ahror Sodiqovning bildirishicha, Qarshi tumaniga 2023-yil oktyabridan buyon hokimlik qilib kelgan Zoir Aliqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Bundan avval Nigoraxon Yunusova Andijon viloyat hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangani xabar qilingandi.








