Toshkent shahrida 13 yoshli o‘smirlar avtomobil ruliga o‘tirib, ichki yo‘llarda katta tezlikda harakatlangani ortidan ularning otasi 5 sutkaga qamaldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda bolalar bir necha marta turli mashinalar rulida o‘tirgani, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol tarzda buzganini ko‘rish mumkin.
Shundan keyin bolalar yashaydigan mahalla aholisi ular yashaydigan uyga shikoyat qilib borgan. Ammo o‘smirlarning otasi farzandlarini tartibga chaqirib qo‘yishni so‘rab kelgan mahalladoshlariga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘lgan.
Ushbu holat ijtimoiy tarmoqda keng tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lgach, ularning otasiga nisbatan bolalarga tarbiya bermaslik va mayda bezorilik moddalari bilan ish qo‘zg‘atildi va u 5 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi.
Ma’lum qilinishicha, bolalarning otasi mamlakatdagi yirik tadbirkorlardan biri Nozim Azizov hisoblanadi.
Shuningdek, o‘smirlar haydagan mashinalardan biri jarima maydonchasiga qo‘yilgan.
Avvalroq 10-sinf o‘quvchisi bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs tanishining opasiga tegishli avtomobil yuvish shoxobchasida qolgan BMW’ni kaliti bilan turganidan foydalanib, haydab ketgani va YPX inspektorini urib yuborgani haqida xabar berilgandi. Xodim shifoxona vafot etgan.








