Daryo

Kazemiro mavsum yakunida “Manchester Yunayted”ni tark etadi

Braziliyalik futbolchi joriy mavsum klub safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

1 daqiqa o‘qish3 558 ko‘rishlar0 izoh1

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Kazemiro joriy mavsum yakunida, amaldagi shartnomasi muddati tugagach, jamoani tark etadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Biz Kazemiroga jamoaga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz va u faoliyatini klubda yuqori saviyada yakunlashiga umid qilamiz”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Braziliyalik futbolchi 2022-yilda Madridning “Real” klubidan “Manchester Yunayted” safiga kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda u jamoa safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

33 yoshli futbolchi “qizil iblislar” safida jami 146 ta o‘yinda ishtirok etib, 21 ta gol va 13 ta assist qayd etgan. U 2023-yilda Angliya Liga kubogi, 2024-yilda esa Angliya kubogi g‘olibiga aylangan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Kazemironing hozirgi bozor qiymati 8 million yevroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” klubi 2026-yil 5-yanvar kuni bosh murabbiy Ruben Amorim bilan xayrlashganini e’lon qilgan edi. Portugaliyalik mutaxassis jamoani 2024-yil 11-noyabrda qabul qilib olgan. Mankunianliklar Amorim qo‘l ostida 63 ta uchrashuv o‘tkazib, 25 ta g‘alaba, 15 ta durang va 23 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Shundan so‘ng jamoani vaqtincha sobiq futbolchi Darren Fletcher boshqargan. Uning qoniqarsiz natijalaridan so‘ng, bosh murabbiylik lavozimiga yana bir sobiq futbolchi — Maykl Kerrik tayinlangan bo‘lib, u mavsum oxirigacha jamoani boshqaradi.

“Manchester Yunayted” APL joriy mavsumida 22 ta turdan so‘ng 35 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar