Daryo

O‘zbekiston fuqarolari Erondan Turkmaniston orqali olib chiqiladi

Ashxoboddagi elchixona “Sarahs” chegara punktida vatandoshlarni kutib olish uchun xodim va transport safarbar qilgan hamda ikki mamlakatdagi diplomatik vakolatxonalar bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

1 daqiqa o‘qish3 830 ko‘rishlar0 izoh3

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Erondan Turkmaniston hududi orqali mamlakatga qaytayotgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rmoqda, deb xabar berdi “Dunyo”.

O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi tezkor shtabi va vakolatli tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan. Vatandoshlarni “Sarahs” Turkmaniston—Eron chegara nazorat-o‘tkazish punktida kutib olish uchun elchixona xodimlari va avtomashinalari safarbar qilingan.

O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchixonasi xodimlarining aloqa maʼlumotlari:

  • +993 64 78-04-44 — Jasur Ashurov;
  • +993 64 99-34-58 — Jamshid Buriyev;
  • +993 62 20-49-56 — Jasur Axmedov (konsul).

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Fors ko‘rfazi mamlakatlarida bo‘lib turgan yurtdoshlarni O‘zbekistonga qaytarishni samarali tashkil etish yuzasidan bosh vazir Abdulla Aripovga topshiriq bergani haqida xabar berilgandi.

2-mart kuni Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda fuqarolarni xavfsiz va tizimli ravishda vatanga olib kelish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olingan.

Xususan, mamlakatdagi barcha aviakompaniyalarga Fors ko‘rfazi davlatlarida bo‘lib turgan yurtdoshlarni qaytarish choralarini ko‘rish topshirildi. Ayniqsa, Jidda—Toshkent yo‘nalishida repatriatsiya reyslarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratish vazifasi yuklatilgan.

Navoiydanman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Internet jurnalistika yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2026-yildan buyon Mahalliy xabarlar boʻlimida muharrir sifatida faoliyat yuritib, yangiliklar va jamlanmalar yozaman. Zemekisning “Forrest Gamp” filmini 20 martadan koʻproq tomosha qilganman. Kafkaning “Qalʼa” romanini qayta-qayta oʻqiyman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar