Daryo

Tramp: “Erondagi harbiy operatsiya uzoq davom etishi yoki 2-3 kunda tugashi mumkin”

AQSH prezidenti Eronga hujumlar fonida vaziyatni yumshatish uchun bir nechta “chiqish” variantlari borligini aytdi.

1 daqiqa o‘qish8 008 ko‘rishlar0 izoh6

AQSH prezidenti Donald Tramp Erondagi harbiy operatsiya uzoq davom etishi yoki 2-3 kunda tugashi mumkinligini aytdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Tramp Eronga hujumlar fonida vaziyatni yumshatish uchun bir nechta “chiqish” variantlari borligini aytdi.

Men uzoq yo‘lni bosib o‘tib, hammasini to‘liq nazorat ostiga olishim yoki hammasini ikki-uch kunda tugatishim va eronliklarga: “Agar (yadro dasturingizni) qayta tiklashni boshlasangiz, bir necha yildan keyin ko‘rishamiz” deyishim mumkin, dedi AQSH prezidenti.

​

Trampning ta’kidlashicha, Erondagi operatsiyaga yadroviy muzokaralarda oldinga siljish yo‘qligi sababli “yashil chiroq” yoqilgan.

Eronliklar goh kelishuvga yaqinlashar, goh yana chekinar — yaqinlashar va chekinardi. Shundan tushundimki, ular aslida kelishuvga erishishni istashmayapti, dedi u.

​

Isroil va AQSH 28-fevral kuni Eronga hujumlarni boshladi, bunga javoban Islom respublikasi AQSHning Yaqin Sharqdagi bazalariga va Isroilga raketalar uchirdi. Hozirda Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Bahraynda portlashlar qayd etilgan.​ AQSHning Bahrayndagi bazasi jiddiy shikastlangan. Mintaqa davlatlarining aksariyati oʻzining havo hududini yopgan, bu davlatlarga kirish va chiqish reyslari toʻxtatilgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar