Daryo

FIFA Eronning Jahon chempionatidagi ishtiroki borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Avvalroq Eron futbol federatsiyasi AQSH bilan yuzaga kelgan harbiy ziddiyat tufayli jamoaning turnirdagi ishtiroki so‘roq ostida qolayotganini ma’lum qilgan edi.

1 daqiqa o‘qish27 146 ko‘rishlar1 izoh13

FIFA bosh kotibi Mattias Grafstryom mintaqadagi keskin harbiy vaziyat fonida 2026-yilgi Jahon chempionati xavfsizligi qanday ta’minlanishi haqidagi savolga javob berdi. ESPN nashrining xabar berishicha, tashkilot rahbariyati dunyodagi siyosiy o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatmoqda.

“Bugun ertalab men ham Eron haqidagi xabarlarni o‘qidim. Bu borada maxsus yig‘ilish o‘tkazdik, biroq hozircha batafsil izoh berishga erta. Biz dunyodagi barcha masalalar bo‘yicha voqealar rivojini kuzatib boramiz. Vashingtonda barcha jamoalar ishtirokida qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi va endigi asosiy vazifamiz — barcha terma jamoalar ishtirokidagi Jahon chempionatini xavfsiz o‘tkazishni ta’minlashdir. Biz har doimgidek turnirni qabul qiluvchi uchta davlat hukumati bilan doimiy aloqada bo‘lib qolamiz”, deydi Grafstryom.

Eslatib o‘tamiz, JCH—2026 bahslari shu yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Avvalroq Eron futbol federatsiyasi AQSH bilan yuzaga kelgan harbiy ziddiyat tufayli jamoaning turnirdagi ishtiroki so‘roq ostida qolayotganini ma’lum qilgan edi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar